Tug'ilgan kuningiz bilan, Roman Nikolaevich!
Bugun "Gidroproekt" AJ Bosh direktori Roman Nikolaevich Orishchuk tug'ilgan kun tabriklarini qabul qilmoqda.
Sankt-Peterburg davlat texnika universiteti va Moskva davlat qurilish milliy tadqiqot universiteti bitiruvchisi Roman Orishchuk 2022-yil 18-martdan boshlab "Gidroproekt"AJga rahbarlik qilmoqda. Uning rahbarligida loyiha instituti gidroenergetikani rivojlantirish va O'zbekiston Respublikasining gidroenergetika salohiyatidan oqilona foydalanish manfaatlari yo'lida muhandislik xizmatlari kompleksini faol rivojlantirib, xatolar ehtimolini bartaraf etish va loyihalar ustida ishlash muddatlarini qisqartirish maqsadida uch o'lchamli modellashtirishning yangi texnologiyalarini joriy etmoqda.
Roman Nikolayevich kassir-mexanik yordamchisidan loyiha instituti bosh direktorigacha bo'lgan mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi, o'zini mas'uliyatli va dono rahbar sifatida ko'rsatdi. Uning faoliyati natijalari institutimizning muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar misolida namoyon bo'lmoqda.
Hurmatli Roman Nikolaevich!
"Gidroproekt" AJ jamoasi sizni tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaydi!
Mustahkam sog'liq, maqsadlarga erishish, yorqin kasbiy muvaffaqiyatlar, hamkasblarni qo'llab-quvvatlashiga sazovor bo’lish tilaklarini qabul qiling! Barcha harakatlaringiz muvaffaqiyatlar bilam yakun topishini tilaymiz. Rivojlanishga qo'shgan bevosita hissangiz doimo samarali bo’lsin va farovonlikka olib kelsin.
Sizga eng yorqin va go’zal tilaklarni bildirib qolamiz! Sizga ko'p yillik istiqbolli faoliyat va son-sanoqsiz quvonch va farovonlik kunlarini tilaymiz. Hayotdagi eng aziz narsalar mustahkam bo'lsin — do'stlik, sog'liq, oila va omad, baxt va sevgi sodiq hamkoringizga aylansin!