"Gidroproekt" AJ hududida atrof-muhitni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi farmoyishiga muvofiq, mamlakatda 11-mart kuni hashar o'tkazilishi joriy yilning 18-martiga ko'chirildi.
Tozalikni saqlash, atrofdagilarni farovon hayot kechirishiga yordam berish, muhtojlarga g'amhorlik qilish, rahm-shafqat ko'rsatish kabi xayriya tadbirlari O'zbekistonning azaliy qadriyatlarini saqlab qolishning yorqin namunasidir.
"Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki" shiori ostida bo'lgan umumxalq hashar doirasida "Gidroproekt" AJ xodimlari mamlakat va jamiyat farovonligiga hissa qo'shmoqda. Xasharda "Gidroproekt" AJ xodimlari institut hududini tozalash va obodonlashtirishda faol ishtirok etdilar.
Ozodalik, poklik, tozalik, saranjomlik diyorimizni yana-da obod va fayzli, ko‘rkam qiluvchi, farovonligini aks ettiruvchi muhim jihatlaridan biri bo'lar ekan, "Gidroproekt" AJ hududida tashkil etilgan hashar xodimlarning o'zaro hamjihatligi asosida amalga oshirildi.