×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

2026-YIL YAKUNIGA QADAR O‘ZBEKISTONDA UMUMIY QUVVATI 11 954 MVT BO‘LGAN 25 TA ZAMONAVIY ELEKTR STANSIYA ISHGA TUSHIRILADI

16.03.2023

Oxirgi 4 yil ichida respublikamizda generatsiya quvvatlarini oshirish maqsadida xalqaro kompaniyalar bilan umumiy qiymati 10 mlrd 148 mln dollarga teng, umumiy quvvati 11 954 MVt bo‘lgan 25 ta elektr energiyasini sotib olish shartnomalari va investitsiya bitimlari imzolandi.

Mazkur bitimlarga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 11 954 MVt bo‘lgan 25 ta elektr stansiya (9 ta issiqlik, 9 ta quyosh va 7 ta shamol elektr stansiya) ishga tushiriladi.

Bu O‘zbekistonda amaldagi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarining 60 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.

Ishga tushirilayotgan mazkur elektr stansiyalar viloyatlar kesimida:

Navoiy viloyatida 2024-yilga borib umumiy quvvati 600 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Xususan:

➖ 2021-yilning avgust oyida Karmana tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi;

➖ 2024-yilda (2023-yil yakunida ilk quvvatlar) Tomdi tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

Samarqand viloyatida 2024-yilga qadar umumiy 1 320 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

➖ 2022-yilning may oyida Nurobod tumanida Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi  ishga tushirildi;

➖ 2023-yil yakuniga qadar Kattaqo‘rg‘on tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi  ishga tushiriladi;

➖ 2024-yilda Nurobod tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.


➖ 2023-yil yakuniga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

2026-yilga qadar Sirdaryo viloyatida umumiy quvvati 3 293 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

➖ 2022-yilning noyabr oyida Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi;

➖ 2023-yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

➖ 2026-yilda Boyovut tumanida “EDF” (Fransiya), “Nebras” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) va “Kyuden International Corporation” (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1573 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

Toshkent viloyatida 2022-yilda umumiy quvvati 710 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. Shuningdek, 2024-yilda quvvati 400 MVt bo‘lgan bitta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiraladi. Xususan:

➖ 2022-yilda Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi;

➖ 2022-yilda Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 230 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi;

➖ 2022-yilda Qibray tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi;

➖ 2024-yilda Yuqori Chirchiq tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

Buxoro viloyatida 2024-yilga borib umumiy quvvati 1 520 MVt bo‘lgan 4 ta elektr stansiya (issiqlik, shamol va quyosh) ishga tushiriladi. Xususan:

➖ 2024-yilda Peshku tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

➖ 2024-yilda G‘ijduvon tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

➖ 2022-yilning yanvar oyida Buxoro tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi;

➖ 2024-yil yakuniga qadar Olot tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

Xorazm viloyatida 2025-yilga borib umumiy quvvati 274 MVt bo‘lgan quyosh va issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:

➖ 2022-yil mart oyida Yangiariq tumanida Turkiyaning “Odaş Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 174 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi;

➖ 2025-yilga qadar Tuproqqal’a tumanida Fransiyaning “Voltalia” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

Surxondaryo viloyatida 2025-yilga borib umumiy quvvati 2 017 MVt bo‘lgan quyosh va issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:

➖ 2023-yil yakuniga qadar Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi;

➖ 2024-yil yakuniga qadar Angor tumanida Germaniyaning “Siemens Energy”, Fransiyaning “EDF”, Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyalari tomonidan quvvati 1 560 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025-yilda umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

➖ 2024-yilda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Qorao‘zak tumanida  quvvati 100 MVt shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi;

➖ 2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Jami quvvat 11 954 MVt.

 

Tender jarayonlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha tender tanlovlari davom etmoqda.

Jami quvvat 500 MVt.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!