×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Yangi gidroenergetik quvvatlar – hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili

13.03.2023

Surxondaryo viloyatida mavjud gidroenergetik salohiyatdan samarali foydalanish, yangi quvvatlarni ishga tushirish yo‘nalishida Jamiyat tomonidan bosqichma-bosqich amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2023-2030-yillarda Surxondaryo viloyatida 81 ta loyiha asosida 601,4 MVt, yillik 2 038,2 mln kVt.soatga teng yangi quvvatlarning ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, joriy 2023-yilda birgina Surxondaryo viloyatida 6 ta loyiha asosida 184,1 MVt quvvat ishga tushiriladi.

Bunda To‘polang GESning yangilangan quvvati 175 MVt bo‘lsa (avval 30 MVt), qolganlari esa mikro va kichik GESlar hamda suv yuzasida turuvchi kinetik turbinali mikro GESlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, hozirgi kunda yangi istiqbolli loyiha asosida 16 MVt bo‘lgan “Zarchob-3” GES qurilishi bo‘yicha dastlabki ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, istiqbolli loyihalar asosida keyingi yillarda To‘polang daryosining yuqori qismida jami 20 ta loyihalar asosida quvvati 264 MVt bo‘lgan Yuqori To‘polang GESlari quriladi.

Ushbu jarayonda esa xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan mikro GESlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatida jami 55 ta loyiha asosida jami quvvati 25,8 MVt bo‘lgan loyihalar ishga tushiriladi. Shundan 2023-yilda 8 ta loyiha asosida jami quvvati 10,1 MVt bo‘lgan yangi loyihalar ishga tushirilib, aholiga toza elektr elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu borada, quvvati 9,1 MVt bo‘lgan 5 ta loyiha ishga tushirilishi, xususiy sektor tomonidan yangi 3 ta loyiha – quvvati 1 MVt bo‘lgan mikro GESlar ishga tushiriladi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 582 mln m3 tabiiy gazni iqtisod qilinishiga erishiladi. Shuningdek, 1560 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, 850 000 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

To‘polang daryosida hozirgi kunga qadar “To‘polang GES” (30 MVt), “Zarchob-1” (37,4 MVt) va “Zarchob-2” GES (38,2 MVt) tomonidan toza elektr energiyasi ishlab chiqarilayotgan edi. Endilikda mazkur ko‘rsatkich yanada ortishi hisobiga yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.


Bugun, 13-mart kuni To‘polang GESda olib borilgan modernizatsiya ishlari natijasida gidroinshoot quvvati 145 MVt ga oshirilib, yangilangan 175 MVt quvvatdagi yirik GES davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishga tushirilishiga onlayn ravishda start berildi.

 

 

Maʼlumot uchun:

Surxondaryo viloyatida gidroenergetika sohasidagi loyihalardan biri “To‘polang GES modernizatsiyasi” loyihasi to‘liq modernizatsiya qilinib, yangi yirik quvvatlarda ishga tushirilmoqda.

Loyiha: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 57-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-son Qarori asosida modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi taʼminlandi.

Loyiha hududi: 22,2 gektar, bino va inshoot maydoni 14 600 metr.kv.

Loyiha quvvati: 175 MVt (+145 MVt).

Ishlab chiqarish quvvati: yillik 467 mln.kVt.soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Tashkil etiladigan ish o‘rni: 70 ta.

Amalga oshirish muddati: 2020-2023-yillar.

Shu o‘rinda To‘polang suv omborining gidroenergetik salohiyati yuqori hisobga olinib, yana yirik quvvatli GESlarni qurish imkoniyati mavjud.

Elektr energiyasini ishlab chiqarishda mamlakatimizdagi tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining mavjud gidroenergetik salohiyatidan va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini yanada kengaytirish borasida bosqichma-bosqich amaliy ishlar olib borilmoqda.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!