To‘polang GES – muhim va samarali gidroenergetik inshoot
To‘polang GES Surxondaryoning Sariosiyo tumanida joylashgan. To‘polang daryosida “To‘polang GES”, “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlari tomonidan toza elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunga qadar To‘polang GESda har birining quvvati 15 MVt bo‘lgan 2 ta gidroagregatning umumiy quvvati 30 MVt bo‘lib, amalga oshirilgan modernizatsiya va zamonaviy jihozlanishdan so‘ng GES quvvati 175 MVtga yetkazildi.
Ta'kidlash joizki, “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarining quvvati jami 75 MVtni tashkil etadi. Uchta stansiyaning umumiy quvvati 250 MVtga etadi.
Bu, o‘z navbatida, Surxondaryo viloyatida mavjud gidroenergetik salohiyatdan samarali foydalanish, yangi quvvatlarni ishga tushirish, aholini elektr energiya bilan izchil ta`minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarning amaliy isbotidir.