Transformator tarixidan
Elektr tizimining eng muhim elektr apparatlaridan biri hisoblangan transformatorni taniqli rus elektr texnigi P. N. Yablochkov 1876-yilda ixtiro qilgan, uni takomillashtirish sohasida esa, tadqiqotchi olim I. F. Usagin ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.
Elektr stansiya va nimstansiyalardagi elektr isteʼmolchilarni taʼminlash hamda energotizim bilan uni bog`lash uchun kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar joylashtiriladi. Hozirgi kunda har bir o`rnatilgan generatorning kilovatt quvvatlari 7-8 kV*A transformatorning to`la quvvatiga to`g`ri keladi.
Hozirgi kunda transformatorlarni kuchlanishi va birlik quvvatlari uzluksiz ravishda oshirilmoqda. 800 MVtli energo blokni ishlatish uchun 1000 MV*A uch fazali transformatorlar ishlab chiqilgan bo`lib, yanada katta quvvatli transformatorlarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko`rilmoqda.
Kuchlanishi 500 kV maksimal quvvati 1,6 GV*A, kuchlanishi 750 kV – 1,25 GV*A ga teng bir fazali guruh transformatorlari mavjud. 1150 kV kuchlanishli transformatorlar misolida nazariy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Ikki va uch cho`lg`amli uchfazali transformatorlar energetik tizimlarda keng qo`llaniladi.
Turli rusumdagi yirik avtotransformatorlar zamonaviy yirik elektr stansiyalar va nimstansiyalarda qo`llaniladi.
Odatdagi transformatorlarni nominal quvvatiga teng bo`lgan avtotransformatorlarni ishlatish davrida energiya isrofi kam, aktiv material (mis, po`lat)lar sarfi va uning umumiy narxi arzon bo`ladi.
Uni chegaraviy quvvati, odatdagi transformatorlarnikiga qaraganda katta, xuddi shuningdek ularni massa va o`lchovlari kichik bo`ladi.