×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Uchqo‘rg‘on tumanida 18 MVt quvvatga teng yangi GESlar kaskadi quriladi

27.02.2023

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 18 MVt quvvatga teng yangi GESlar kaskadi quriladi.

Uchqo‘rg‘on tumani “Tegirmon” mahallasida mahalliy hokimiyat, tuman mutasaddilari, mahalla faollari ishtirokida yangi GESlarning qurilish jarayonlari boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Aytish joizki, hozirgi kunda Uchqo‘rg‘on tumanidagi Kaskadlarning umumiy quvvati 12 MVt bo‘lib, 48 mingta xonadonni uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlab kelayotgan edi. 

Loyiha qiymati 60 million AQSH dollari bo‘lgan, tumanda qurilayotgan yangi GESlarning umumiy quvvati 18 MVt bo‘lib, bu qariyb yana 65-70 ming xonadonni elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Yillik ishlab chiqarish quvvati loyiha bo‘yicha 56,4 million kVt.soat deb belgilangan. Bu, o‘z navbatida, 8,2 million kub tabiiy gazni tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, tumanda yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!