×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

GES- 2Bni modernizatsiya qilish to'g'risida (Samarqand GESlari kaskadi)

15.02.2023

Bugungi kunda "O'zbekgidroenergo" AJ, "O'zbekgidroenergoqurilish" AJ, "Gidroproekt" AJ  va xitoylik hamkorlar "China National Technical import and Export Corporation"(CNTIC) kabi tashkilotlar tomonidan "Samarqand GESlari kaskadi" unitar korxonasi tarkibida mavjud bo'lgan GES-2Bni modernizatsiya qilish amalga oshirilmoqda. Qurilish buyurtmachisi "1-son Qurilish direksiyasi" UK hisoblanadi.


Bu yil Samarqand viloyatida, Xishrav qishlog'ida joylashgan GES-2B foydalanishga topshirildi. Modernizatsiyadan oldin uning o'rnatilgan quvvati 18,83 MVt edi.


GES-2B o'z tarixiga ega. U 1956-yilda har biri 6,4 MVt quvvatga ega ikkita gidroagregat bilan qurilgan. 1958-yilda uchinchi gidroagregat o'rnatildi, uning quvvati 6,03 MVtga yetdi.


Yangi gidroelektrostantsiyalarni qurish va ularni modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalari ro'yxatiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 — yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida" 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qarori qabul qilindi. 2021-yil mart oyidan boshlab GES-2Bni modernizatsiya qilish jarayoni boshlandi.


Loyihaning umumiy qiymati 21,7 million AQSh dollarini tashkil etadi. Modernizatsiyadan so'ng stansiyaning quvvati 26,6 mvtgacha oshdi, elektr energiyasining yillik o'rtacha ishlab chiqarishi qariyb 3 baravar oshdi (43,6 dan 139,6 million kVt soatgacha).


Modernizatsiyaning asosiy maqsadi GESning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, elektrotexnika, gidromexanika va gidrotexnika inshootlarining uzluksiz va ishonchli ishlashini ta'minlashdir. Tejalgan tabiiy gaz hajmi aholi, ijtimoiy soha ob'ektlari va iqtisodiyotning turli tarmoqlarini ushbu turdagi yoqilg'i bilan ta'minlashga yo'naltirilishi mumkin.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!