×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O‘zbekiston GESlari tarixi: Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi tarkibidagi GES-18

03.02.2023

Toshkent viloyatida joylashgan GES-18 “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” unitar korxonasi tarkibiga kirib, kaskad faoliyatida o‘zining munosib o‘rniga ega.

GES-18 – kaskadning ikkinchi zinapoyasida joylashgan bo‘lib, Toshkentdan 20 km uzoqlikda Yangiyo‘l tumanida, Quyi Bo‘zsuv irrigatsiya kanali Bosh inshootining bevosita pastida joylashgan. U esa, bir vaqtning o‘zida GESning bosh inshooti (to‘g‘oni) sanaladi.

Mazkur GES “Sredazgidroproyekt” loyihalari bo‘yicha qurilgan. Loyiha muallifi L.V.Talalov hisoblanadi.

Qurilish ishlari “Chirchikstroy” tomonidan 1945-1950 yillarda amalga oshirilgan hamda 1949-yil iyun oyida GES ishga tushirilgan.

1972-yilda GES turbinalarining qismlari rekonstruksiya qilingan.

GES-18 da har birining quvvati 2,34 MVt bo‘lgan 3 ta agregat o‘rnatilgan bo‘lib, GESning umumiy quvvati 7 MVt ni tashkil etadi. Agregatlar 1949-1950 yillarda ishga tushirilgan.

Har bir agregat vertikal turbinadan iborat bo‘lib, turi – PRK 245-VB 220, kuchi – 185,5 ayl./min ga teng. Suv bosimining 10,5 m va suv sarfining 25 m3/sek da nominal quvvati 2340 kVt ga, generator quvvati 3125 kVA, turi VGS 325/49-32, bosim 6,3 kV ga teng.

Energotizim bilan aloqa 35 kV li podstansiya orqali amalga oshiriladi. Kanali ochiq turda bo‘lib, uzunligi 325 metr, kengligi 12 metr, chuqurligi 4,5 metrni tashkil qiladi. Kanalning suv o‘tkazish qobiliyati 90 m3/sek.

O‘tgan 2022-yilda GES-18 tomonidan 14,4 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqarildi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!