×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

«Yashil» energiya – kelajak energiyasi

01.02.2023

2022-yilning noyabr oyida quyosh panellarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan Xitoyning “Longi solar technology” kompaniyasining mamlakatimizdagi vakili “Solar Nature” MChJ, hamda “HUAWEI” distributori “Photomate CA” MChJ bilan grant mablag‘lari hisobiga “Gidroproekt” AJ ma’muriy binosi tom qismiga yuqori sifatli 20 kVt quvvatli quyosh panellari va invertor qurilmalarini o‘rnatish bo’yicha kelishuvga erishildi.

Hozirda ajratilgan beg‘araz mablag‘lar hisobidan “Gidroproekt” AJ markaziy binosining tom qismiga fotoelektrik stansiya qurilmalari muvaffaqiyatli tarzda o’rnatildi hamda qo’shimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

Joriy yilda quyosh elektr stansiyasini bir necha bor kengaytirish rejalashtirilmoqda.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!