1-iyulga qadar Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farg‘onada 27 ta mikro GES qurish boshlanadi
Prezident shu yil 1-iyulgacha Andijon, Namangan va Farg‘onada jami 100 ta mikro GESlar qurilishini aytib, vaʼda berdi.
“1-iyulga qadar Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farg‘onada 27 ta mikro GES qurish boshlanadi. Bu ishlarni joylarda to‘g‘ri tashkil etish, masalalarni hal qilish uchun viloyat hokimlarining 1-o‘rinbosarlari masʼul bo‘ladi va hamma ishlardan ozod qilinadi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bundan tashqari vodiy viloyatlarida 160 megavattli quyosh panellari ham qurib bitkaziladi.