×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

“O‘zbekgidroenergo” AJ da 2023-yilda Jamiyat faoliyatining ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

31.01.2023

Ma’lumki, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 19-yanvar kuni energiya ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan hamda davlatimiz rahbari gidroenergetika tarmog‘idagi rejalar taqdimoti bilan tanishgan edi.

Prezident tomonidan Jamiyat oldiga kelgusi yillar uchun rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilib, alohida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan sohalar bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ da Boshqaruv raisi A. Sanginov rahbarligida 2023-yil uchun Jamiyat faoliyatining ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2023-yilda qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlarni ishga solgan holda, ishlab chiqarish hajmini oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-son Qarori (Investitsiya dasturi) ga asosan 2023-yil uchun Jamiyatning Investitsiya dasturi ijrosini o‘z muddatida sifatli ta’minlash; 2023-yil uchun Jamiyatning Investitsiya dasturiga asosan joriy yilda foydalanishga topshiriladigan loyihalar; davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshiriladigan loyihalar; xususiy sektor ishtirokida mikroGES qurish; mahalliylashtirish doirasida mikroGES agregatlarini ishlab chiqarish; GES va suv omborlarida “gibrid” energiya manbalarini joriy etish; suv omborlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish; GES va suv omborlari faoliyatini raqamlashtirish; “Gidroproyekt” AJ laboratoriyasini modernizatsiyalash to‘g‘risidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida barcha masʼul rahbarlarga o‘z yo‘nalishlari doirasida zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!