O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaymiz! Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni ulug‘ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari, davlat suvereniteti tamoyillariga sodiqlik, jamiyatda tinchlik va totuvlik, hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning kafolatidir.
Konstitutsiya – jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yorqin ramzidir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga va yaqinlaringizga baxt-saodat, mustahkam sog‘lik, farovonlik, oilaviy baxt, hayotingizda va jamiyat farovonligi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan, “Gidroproekt” AJ jamoasi