×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Mualliflik nazorati: “Gidroproekt” AJ xodimlari malaka oshirish kurslarida o‘qishdi

24.12.2021

“Gidroproekt” AJ “Mualliflik nazorati” bo‘limi xodimlari Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshidagi “Qurilish sohasida menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” markazining malaka oshirish kurslarida o‘qishdi. 

“Gidroproekt” AJning mualliflik nazoratini amalga oshiruvchi 7 nafar mutaxassisi “Mualliflik nazorati” yo‘nalishi bo‘yicha ikki haftalik o‘quv kurslarini tamomladi. Kurslar onlayn formatda olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy vazifasi - bozor sharoitida qurilish jarayonini boshqarish talablarini, ob’ektlarni qurish jarayonida ishlarni tashkil etish va texnologiyasi bo‘yicha xalqaro va mahalliy tajribani hisobga olgan holda qurilish sohasida menejerlarning malakasini oshirishdan iborat. 

Kurslarni tugatgandan so’ng barcha ishtirokchilar bitiruv imtihonni muvaffaqiyatli topshirishdi va malaka oshirganliklari to’g’risida sertifikatlar olishdi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!