Energetika haftaligi qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) kelajagini muhokama qiladi
2022-yilning 26-aprel kuni Toshkent shahrida yuqori darajadagi Energy Week Central Asia & Mongolia 2022 xalqaro investitsiya konferensiyasi o'z ishini boshladi. Konferensiya missiyasi O?zbekiston, Qozog?iston, Qirg?iziston, Tojikiston va Mo?g?uliston davlat organlari, energetika kompaniyalari vakillarini va QTEM loyihalarini , shuningdek, xalqaro moliya va rivojlanish tashkilotlari, xalqaro energetika kompaniyalari vakillarini birlashtirishdan iborat. QTEM tarafdorlari hamjamiyatida tarmoqni shakllantirish mintaqada barqaror energiyani yaratish bo'yicha chora-tadbirlar va harakatlarni yanada samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Tadbirning asosiy maqsadi – toza energiyaga o‘tish muammolari va energiya xavfsizligi masalalarini, amalga oshirilayotgan islohotlarni, qo‘llab-quvvatlash dasturlarini va ayrim mamlakatlar siyosatidagi o‘zgarishlarni muhokama qilish, shuningdek, ayrim davlatlar gidroenergetika, quyosh, shamol, vodorod energiyasi va energiyani tejash sohasidagi loyihalar uchun investorlar va ilg‘or texnologiyalarni jalb etayotgani misollarini ko‘rib chiqishdan iborat.
Ikkinchi kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘ulistonda gidroenergetikani rivojlantirishga bag‘ishlangan alohida sessiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.