Toshkent texnika universiteti talabalari Qodiriya GESiga tashrif buyurishdi
Kadrlar tayyorlash dasturi doirasida “Gidroproekt” AJ mamlakatimizning ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari bilan kompleks hamkorlikni amalga oshiradi. Joylarga chiqib amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish o‘quv jarayonidagi eng samarali vositalardan biridir.
Joriy yilning dekabr oyida o‘quv jarayoni doirasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ushbu o'quv mashg'uloti doirasida talabalar “Qodiriya GESlar kaskadi” UK faoliyati bilan tanishdilar va nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab oldilar. Universitet talabalari uchun o‘quv ekskursiyalari o‘tkazildi. Talabalar GESning muzey joylashgan eski binosiga, shuningdek, GESning yangi binosiga tashrif buyurishdi.
O'quv mashg'ulotlari "Qodiriya GESlar kaskadi" UK mutaxassislari hamrohligida va barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o'tkazildi.
Ma’lumot uchun: Kadrlar tayyorlash tizimini samarali tashkil etish va professional xodimlarni tayyorlash “Gidroproekt” AJga loyiha, qidiruv va tadqiqot ishlari bozorida muvaffaqiyatli rivojlanish va raqobatlashish imkonini beradi.
Loyihalash faoliyatida rivojlanishga qiziqqan iqtidorli yoshlarni topish muammolarini hal qilish uchun “Gidroproekt” AJda respublikaning ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan:
Toshkent arxitektura-qurilish instituti bilan (TAQI), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) va Toshkent davlat texnika universiteti bilan (TDTU).
2019-2021 yillar davomida “Gidroproekt” AJda 237 nafar talaba ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotini o'tdilar.