Qadrli hamkasblar, hamkorlar va do‘stlar!
Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Ortda qolayotgan yil barchamiz uchun samarali va unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. O‘zbekiston energetika tizimi ravnaqi yo‘lidagi an’analarimizni munosib davom ettirib, yirik loyihalarni amalga oshirdik va yurtimizning yetakchi loyiha instituti sifatidagi o‘rnimizni yanada mustahkamladik. Ushbu muvaffaqiyatlarning zamirida, avvalo, jamoamizning fidokorona mehnati va yuksak mahorati mujassam. Biz bilan yil davomida yelkadosh bo‘lgan barcha xodimlarimizga, hamkor va buyurtmachilarimizga samimiy tashakkurimizni bildiramiz. Sizning ishonchingiz — bizning eng katta yutug‘imizdir!
Yangi yil bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Oldimizda gidroenergetika sohasini yangi bosqichga olib chiqadigan ulkan rejalar va innovatsion loyihalar turibdi. Ahil jamoamiz bilan birgalikda kutilganidan ham yuqori natijalarga erishishimizga ishonchimiz komil.
Sizga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va bitmas-tuganmas baxt tilaymiz. Yangi yil har bir xonadonga qut-baraka, tinchlik va totuvlik olib kelsin. Ezgu niyatlaringiz va rejalaringiz ijobat bo‘lsin!
Go‘zal yurtimiz doimo tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom ila,
«Gidroproekt» AJ rahbariyati va jamoasi