×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Sirdaryoda 100 mln kub metrlik “Sultonhovuz” suv ombori quriladi

17.12.2025

Kelasi yili Boyovut tumanida sig‘imi 100 million kub metr bo‘lgan yangi “Sultonhovuz” suv ombori qurilishi boshlanadi. 

Ta’kidlanishicha, loyihaning ishga tushishi bilan Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektarda yiliga ikki marta hosil olish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, yerlardagi meliorativ holatni yaxshilash maqsadida 16 ming kilometr zovurlarni bosqichma-bosqich tozalash belgilangan.

Viloyatdagi qariyb 200 ming gektar ekin yerlarida sho‘rlanish mavjud. Shu bois sho‘rlangan maydonlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha pilot loyiha Sirdaryoda sinovdan o‘tkaziladi. Uning natijasiga ko‘ra, uch yillik melioratsiya dasturi ishlab chiqiladi.

Mas’ullarga suv hisobini yuritish bo‘yicha Sirdaryoni namunali hududga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!