Yilning dastlabki to‘qqiz oyida dunyodagi elektr energiyasi iste’molidagi o‘sish to‘liq Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga qoplandi
Ember tahliliy markazi joriy yilning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda (Q3 Global Power Report) global elektroenergetika rivojiga oid hisobot e’lon qildi.
2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida quyosh energetikasi 2109,76 Tvt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi, bu esa 2024 yil davomida ishlab chiqarilgan umumiy quyosh energiyasidan ham yuqori.
Mazkur davrda quyosh generatsiyasi 2024 yilning shu davriga nisbatan 498 Tvt·soatga yoki 31 foizga oshdi. E’tiborlisi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ham yuqori bo‘ldi (2024 yil 3-chorak 2023 yil 3-chorakka nisbatan 29 foiz). Emberning hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yil yakunida dunyo bo‘yicha Quyosh elektr stansiyalarining qo‘shimcha ishlab chiqarishi 640 Tvt·soatni tashkil etadi.
Shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarishi ham mazkur davrda dunyo bo‘yicha 137 Tvt·soatga ko‘paydi.
Natijada 2024 yilning dastlabki uch choragida 15,2 foiz bo‘lgan quyosh va shamol ulushi 2025 yilning shu davrida 17,6 foizga yetdi. Barcha qayta tiklanuvchi manbalar ulushi esa 32,5 foizdan 34,2 foizga ko‘tarildi.
Yilning dastlabki to‘qqiz oyida “past uglerodli manbalar” — ya’ni qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atom energetikasi — jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishining 42,9 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi 41,3 foizdan yuqori. Mos ravishda, dunyo bo‘yicha qazilma yoqilg‘iga asoslangan elektr ishlab chiqarish ulushi 57,1 foizgacha kamaydi.
Quyosh va shamol energetikasi o‘sishining asosiy manbai Xitoy bo‘ldi: mamlakat 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida quyosh bo‘yicha 280 Tvt·soat, shamol bo‘yicha esa 102 Tvt·soat qo‘shimcha energiya ishlab chiqardi. Eng muhim jihati shundaki, Xitoy o‘tgan yilga nisbatan qazilma yoqilg‘iga asoslangan elektr ishlab chiqarish ulushi 57,1 foizgacha kamaydi.
Quyosh va shamol energetikasi o‘sishining asosiy manbai Xitoy bo‘ldi: mamlakat 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida quyosh bo‘yicha 280 Tvt·soat, shamol bo‘yicha esa 102 Tvt·soat qo‘shimcha energiya ishlab chiqardi. Eng muhim jihati shundaki, Xitoy o‘tgan yilga nisbatan qazilma yoqilg‘iga asoslangan elektr ishlab chiqarishni 52 Tvt·soatga qisqartirdi.
Yanvar–sentyabr oylarida quyosh va shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish hajmi global elektr energiyasi iste’molidagi o‘sishni to‘liq ta’minlab berdi.