Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga teng Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berildi
Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga teng Chorvoq shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berildi
Bugun, 30-iyul kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 20 megavattga teng bo‘lgan “Chorvoq shamol elektr stansiyasini qurish” loyihasi qurilishiga start berildi.
Loyihani amalga oshirish muddati 2025-2026-yillarga rejalashtirilgan.
Ushbu elektr stansiya ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 50 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida 15 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishi va atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinadi.
Mazkur elektr stansiya orqali qariyb 20 ming xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.