×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Toshkent viloyati hokimligi mikroGES qurilishi uchun 6,5 gektardan ortiq yer ajratdi

03.06.2025

Shahar va tumanlar hududidagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan davlat zaxirasidagi 40 ta nuqtada jami 6,59 gektar yer maydoni Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi. Ushbu ajratib berilgan nuqtalarda mikro gidroelektr stansiyalarni qurish uchun tashabbuskorlarni aniqlash maqsadida yer maydonlari auksion savdoga chiqariladi.

Mikro gidroelektr stansiyalar Piskent, Ohangaron, Bekobod, Yuqori Chirchiq, Bo'stonliq, Qibray, Chinoz, Bo'ka, Yangiyo'l, Zangiota tumanlari va Angren, Olmaliq, Bekobod, Chirchiq shaharlarida quriladi.Ma'lumot uchun, bundan avval viloyatda 43 ta mikroGES qurilishi uchun yer maydonlari ajratish to'g'risida viloyat hokimining tegishli qarori imzolangan edi. 

Ta'kidlash joizki, 264 ta nuqtada mazkur inshootlarni qurish uchun aniq hududlar belgilab olingan bo`lsa, shu kunga qadar, 102 ta hududda kichik GESlar qurilishi uchun yer maydonlari ajratilgan, hozirda qurilish ishlari boshlangan.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!