Xotira bor ekan – millat barhayot!
Ajdodlarimizning yuksak jasorati avlodlar uchun har doim o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Ozodlik va musaffo osmonimiz yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan hamyurtlarimiz ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.
Vatan ozodligi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, ko‘tarinki kayfiyat va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, xalqimiz urush nima ekanini hech qachon bilmasin! Yurtimizda baraka, osmonimiz doimo musaffo, xalqimizning buguni va ertasi esa porloq bo‘lsin!