×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Udmurtiyadan mikro GESlar O`zbekistonda o`z talabini isbotlamoqda

03.10.2024

Mikrogidroelektrstantsiyalar (mikroGES) qayta tiklanadigan elektrenergiyasining eng arzon manbalaridan biri hisoblanadi. Gidravlik energiyaning yetarli resursi mavjud bo`lganda, mikro GESni o`rnatish mahalliy elektr ta`minotining eng iqtisodiy tejamkor usuli hisoblanadi. Shuning uchun, qishloq hududlari uchun energiya taqchilligi muammosini hal etish yo`llaridan biri sifatida, mikrogidroenergetikani rivojlantirish ustuvor yo`nalishlardan biriga aylanib bormoqda.

Mikro GES uchun to`g`on kerak emas. Stantsiyani suv oqimiga tushiriladi, va u uncha katta bo`lmagan hajmlarda elektr energiyasini beradi. Agarda mikro-GESlar bir nechta bo`lsa, uncha katta bo`lmagan korxona yoki xo`jalikni elektr energiyasi bilan ta`minlash mumkin.

«Dealan Energo» kompaniyasi  o`zining #Udmurtidatayyorlangan stantsiyalarini O`zbekistonga jo`natmoqda. Hozir kompaniya O`zbekistonning o`zida mikro-GESlar va shamol-quyosh stantsiyalarini qisman ishlab chiqarish masalasi bilan shug`ullanmoqda. Bu haqda Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalov «VKontakte» ijtimoiy tarmog`idagi o`z sahifasida  gapirib berdi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!