×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Zarchob-1a kichik gidroelektr stansiyasi Surxondaryo viloyatida ishga tushirildi

30.08.2024

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan Zarchob 1a kichik GES ochilishi marosimi o‘tkazildi

Bugun, 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligiga munosib sovg‘a sifatida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani To‘polang daryosi bo‘yida yangidan barpo etilgan Zarchob-1A kichik GESning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ masʼul xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari, tuman hokimi, hududiy tizim korxonalari vakillari, soha mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Surxondaryo viloyatining olis tumani aholisi uchun quvvati 3 MVtga teng, yiliga o‘rtacha 13,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Zarchob-1A kichik GES foydalanishga topshirildi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!