×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”

01.09.2023

Qadr-qimmat, sharaf va milliy davlatchilikni o'zida mujassam etgan Mustaqillik kuni har bir fuqaro uchun muhim bayramdir.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida aholining hayot sifatini oshirish va hayotning barcha sohalarida innovatsion rivojlanishni rag'batlantirish bo'yicha aniq amaliy qadamlar qo'yilmoqda. 

Mustaqillik davrida “Gidroproekt” tomonidan amalga oshirilgan ishlar mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, fuqarolarning iqtisodiy va ekologik farovonligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va davlatchiligini mustahkamlashga qaratilgan.

Biz mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissamizdan faxrlanamiz, mustaqil va obod O‘zbekistonning bir qismi ekanimizdan bag’oyatda mamnunmiz. Biz hamkasblarimiz bilan birgalikda fuqarolarimiz uchun yaxshiroq kelajak yaratish uchun yangi loyihalar va yutuqlarni amalga oshirishda davom etamiz.

"Gidroproekt" AJ jamoasi nomidan va shaxsano’zimni nomimdan sizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Barchangizga sihat-salomatlik, katta oilaviy baxt, bitmas-tuganmas energiya, tinchlik, o'zaro hamjihatlik va farovonlik tilayman! Hayotingizning har bir kuni quvonch, iliqlik, muvaffaqiyat va yangi yutuqlarga to'lsin!

 

“Gidroproekt” AJ direktori

Ravshan Paratov

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!