×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

SOHANING YANGILANISHI: MODERNIZATSIYA

13.02.2023

Mamlakat gidroenergetikasini rivojlantirish, shu jumladan yangi gidroelektrostantsiyalarni joriy etish, gidrotexnik inshootlarni modernizatsiya qilish orqali elektorenergiya ishlab chiqarish quvvatlarining rivojlantirishga imkon beradi, bu esa aholi farovonligi, uning hududlarining butun ijtimoiy-iqtisodiy kompleksini yanada rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Prezidentntimizning 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-sonli qaroriga binoan, qiymati 11,14 million AQSh dollari bo'lgan GESni modernizatsiya qilish Xitoyning "China National Technical Import and Export Corporation" (CNTIC) xalqaro kompaniyasi tomonidan qurib bitqazilmoqda. Loyihani amalga oshirishda "O'zbekgidroenergo" AJ, "Gidroproekt" AJ, "O'zbekgidroenergokurilish"AJ kabi mahalliy kompaniyalar ham ishtirok etdi. Bu, o‘z navbatida, respublika energetika sanoatining ajralmas qismi bo‘lgan gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga salmoqli hissa bo‘ldi.

“Toshkent GESlar kaskadi” tarkibiga kiruvchi GES-1 1926 yilda poytaxtimizning Yunusobod tumanida qurilgan. Umumiy quvvati 4 MVt bo'lgan GES, 4 ta gidroagregatga ega, ular uzoq muddatli foydalanish natijasida texnik eskirish holatiga keltirildi. Тadqiqot natijalariga ko'ra, stantsiya binosi gidroagregatlarni almashtirish uchun yaroqsiz bo’lgan, va ikkita Kaplan turidagi agregatlar bilan stansiya maydonininig chap qirgoqida yangi bino qurishga qaror qilindi.

Modernizatsiya natijasida 2022-yil 27-dekabrda ikkala gidroagregatlar sinov rejimida ishga tushirildi. Ularning har birining quvvati 3 MVtni tashkil etadi, bu esa GESning umumiy quvvatini 6 MVtga etkazish imkonini beradi. Ushbu gidroagregatlari kam suv davrida ham elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish 44,4 million kVt soatni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Ayni paytda stansiyada jihozlarni sozlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Shuni ta'kidlash kerakki, GES-1 ning to‘liq quvvat bilan ishlab chiqarilishi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, sanoat korxonalarini rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishga olib keladi.
 

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!