O'zbekiston gidroenergetikasini rivojlantirish istiqbollari. Amalga oshirish va kelajak uchun rejalar
O‘zbekiston gidroenergetikasini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich harakat qilmoqda.
2022-yil 25-noyabr O‘zbekistonda kalendarga gidroenergetikani rivojlantirishda muhim kun sifatida kiritildi. Shu kuni Chotqol daryosi o'zanini to‘silishi amalga oshirildi, bu Quyi-Chotqol gidroelektr stansiyasining asosiy inshootlari, beton to‘g‘on va gidroelektr stansiya binosini qurish uchun imkoniyat yaratdi.
Quyi-Chotqol GES loyihasini amalga oshirish O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatini 90 MVt ga oshirish, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarishni yiliga 300 million kVt/soatga oshirish imkonini beradi, bu esa butun tizimning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi va IESlar zaxira quvvatini kamaytiradi.
To'sishning asosiy vazifasi - asosiy inshootlarda keyingi qurilish ishlarini bajarish uchun daryoning uchastkasini quritish.
Daryo o'zanini to'sish qiyin jarayon bo'lib, unda oqayotgan suvga tosh tashlanadi va tosh banket shaklida qirg'oqdan qirg'oqqacha daryoda to'siq hosil qilinadi. Keyin, daryo bo'ylab oqadigan suv to'siq oldidagi gidrotexnik tunnelga kiradi va quyi oqimga quyiladi.
Quyi-Chotqol GESining bosh loyihachisi “Gidroproekt” AJ hisoblanadi. Ishchi hujjatlarni ishlab chiqishda daryoning qattiq oqimi to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar olingandan, shuningdek, uning Quyi-Chotqol GESi suv ombori hajmidan samarali foydalanishga va ob'ektning hayotiyligiga ta'siri tahlil qilinganidan so'ng qattiq oqimlarni o'tkazish uchun galereyalarni yuvish moslamasini o'rnatib asosiy inshootlarning (tuproq to'g'onidan beton to'g'onga o'tish) sxemasini qayta ko'rib chiqish to'risida qaror qabul qildi.
Joylashtirish yechimini optimallashtirish orqali GESlning o‘rnatilgan quvvatini 18 foizga 90 MVtgacha oshirish, o‘rtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishni 3,6 foizga, 292,24 million kVt/soatgacha oshirish mumkin bo‘ldi. Shu bilan birga, GES ish rejimlarini optimallashtirish va GES ishini yuklanish jadvalining eng yuqori rejimiga moslashtirilishi loyihani amalga oshirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Chotqol daryosining o'zanini to‘sish bayramona ruhda o‘tdi. To'sish jarayoni hamkor tashkilot va kompaniyalar, jumladan, xorijiy tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan kuzatildi.
Shu kuni gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim voqea ham bo‘lib o‘tdi. “Gidroproekt” AJda 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalarning birgalikdagi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ xodimlari va B.E. Vedeneev nomidagi VNIIG vakillari, guruh rahbari - texnik direktor Aleksandr Sozinov, "Lengiprorechtrans" AJ, guruh rahbari - bosh direktor Pavel Belkin, shuningdek, Managing Director U SUV ALAN Ltd. kompaniyasi eronlik mutaxassislar, guruh rahbari - janob Aziz Nikzod ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilari O‘zbekiston hududida 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qarorga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalarni va ko'da tutilgan rejalarni amalga oshirish manfaatlari yo'lida samarali hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildilar.