×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O‘zbekiston va Qirg‘izistonning suv sohasidagi hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

23.06.2025

Andijonda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning suvdan foydalanish masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiyasining oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning O‘sh, Botken va Jalolobod viloyatlaridagi irrigatsiya xizmatlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Farg‘ona vodiysidagi kichik daryolardan joriy yilda suv olish va Qaradaryo daryosiga suv tashlash bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqildi va rasman tasdiqlandi.

Shuningdek, Qasansoy va Andijon suv omborlaridan birgalikda foydalanish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama ishchi guruh tuzish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!