O‘zbekiston xorijiy investorlar ishtirokida kichik gidroenergetikani rivojlantirishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Xitoyning “Xinjiang Qianyuan Kunyu Construction Engineering” kompaniyasi bosh direktori Xou Xue bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"Xinjiang Qianyuan Kunyu Construction Engineering Company" 2011-yilda tashkil etilgan. Kompaniya elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimlarini qurish, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi loyihalarпni ishlab chiqish, investitsiya kiritish, qurish va boshqarish bilan shug'ullanadi.
Tomonlar O‘zbekiston hududlaridagi suv yo‘llarida kichik gidroelektr stansiyalar kaskadlarini qurishning texnik jihatlari va keyingi bosqichlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Andijon viloyati Qoradaryosida 9 ta mini GES qurish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Investitsiya bitimi imzolandi.