×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Kichik GESlar loyihasi amalga oshirilmoqda

05.04.2025

Namangan viloyatida Katta Andijon kanali bo‘yicha kichik gidroelektrostansiyalar kaskadini qurish ishlari davom etmoqda.

4-aprel kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi mutaxassislar guruhi “Beshqo‘rg‘on” (5 MVt), “Qo‘g‘ay-2” (6 MVt) va “Qo‘g‘ay-1” (12 MVt) kichik GES qurilish maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining joriy holati bilan tanishildi.

Loyiha Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlari hududida amalga oshirilmoqda. Kaskadning umumiy o‘rnatilgan quvvati 23 MVt ni, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi esa 172,5 million kVt·soatni tashkil etadi. Bosh loyiha tashkiloti sifatida “Gidroproyekt” AJ ishtirok etmoqda.

Loyihaga ko‘ra, 51 ta ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlari joriy yil oxirigacha yakunlanishi belgilangan.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!