×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘i rivojlantiriladi

04.04.2025

“Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-129-son, 28.03.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

jami quvvati 164 MVt bo‘lgan 2 983 ta mikro GES qurish va yiliga 500 mln kVt.soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarish;

yangi mikro GESlarni ishga tushirish hisobiga 280 mingta aholini elektr energiyasi bilan taʼminlash;

qurilish davrida 1200 nafar ishchining bandligini taʼminlash va loyihalar ishga tushgandan keyin 520 ta doimiy ish o‘rni yaratish.

2025-yil 1-maygacha loyiha hujjatlariga asosan mikro GESlar qurish uchun tanlab olingan yer uchastkalari belgilangan tartibda Energetika vazirligiga ajratiladi.


Energetika vazirligi ajratilgan yer uchastkalari loyiha tashabbuskorlariga mikro GESlar qurish va ishga tushirish uchun 20 yil muddatga ijaraga berilishini taʼminlaydi.

Bundan tashqari, Kichik va mikro gidroelektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!